Ulanish

Yordam

Biz aloqadamiz

Qoʻngʻiroq qiling yoki yozing — ulanish, kassa va cheklar boʻyicha yordam beramiz.

Savollar

Koʻp beriladigan savollar

Javob topmadingizmi? Ariza qoldiring, tushuntirib beramiz.

Yoʻq. Mobil kassa smartfonda, desktop kassa — noutbuk yoki kompyuterda ishlaydi. Cheklarni fiskal modul imzolaydi.

Bu himoyalangan chip: u har bir chekni imzolaydi va unga fiskal belgi beradi. Har bir modul uchun Soliq qoʻmitasiga yiliga 1 BHM toʻlanadi — hozir bu 440 000 soʻm.

1 dan 5 tagacha kassa — ulanish har bir kassa uchun 1 500 000 soʻm, 6 dan 15 tagacha — 1 000 000 soʻm. Abonent toʻlovi — har bir kassa uchun oyiga 100 000 soʻm. 16 va undan ortiq kassa uchun narx kelishiladi.

Ha. Cheklar oflayn imzolanadi va aloqa tiklanganda OFDga yuboriladi. Yuborish uchun 48 soat bor: ikki kun aloqasiz qolsa, fiskal modul savdoni toʻxtatib turadi.

Naqd pul; kartalar — shaxsiy, korporativ va ijtimoiy; Payme, Click, Uzum va Paynet Xolis elektron toʻlov tizimlari; yagona QR UzQR; MartaSoftPOS orqali NFC toʻlov.

Chekdagi QR-kod orqali: u chekni soliq saytida ochadi. Unda summa, tovarlar va fiskal belgi koʻrinadi.

Ha. Retseptli dorilar DMed elektron retsepti boʻyicha sotiladi, Asl belgisi markirovka kodlari esa chekka tushadi.

Ha. Barcha nuqtalardagi savdo, smena va kassalar egasining kabinetida koʻrinadi. 16 va undan ortiq kassali tarmoqlar uchun narxni alohida hisoblaymiz.

STIR va roʻyxatdan oʻtganlik guvohnomasi, rahbarning pasporti, nuqta hujjati (ijara yoki kadastr), nuqtaning surati va koordinatalari. Aniq roʻyxatni ulanishda aytamiz.

Ariza

Ariza qoldiring — kassani ulaymiz

Qoʻngʻiroq qilamiz, savollarga javob beramiz va biznesingiz uchun narxni hisoblaymiz.

Biznes turi
Nechta kassa